•  
  • hazorasp21@umail.uz
  • +998 (62) 3325 585

Aholini ro‘yxatga olishning jamiyatdagi ahamiyati

Aholini ro‘yxatga olishning jamiyatdagi ahamiyati


       Aholini ro‘yxatga olishning jamiyatdagi ahamiyati    

                                   

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  PF-5655-son farmoniga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va mazkur  Farmon ijrosi yuzasidan viloyat hokimining taalluqli qarori qabul qilindi.

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda birinchi marotaba aholini ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilayotganligini alohida ta’kidlashimiz kerak. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.

Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yhatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmon imzolandi.

Mazkur Farmon mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qo‘lga kiritilajak asosli va ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish, respublikadagi ijtimoiy vaziyatga yanada oydinlik kiritishga xizmat qiladi.

CHunki mahalliy hamda horijiy kompaniyalarning samarali faoliyatida hududlardagi real holatni bilish, prognoz qila olish muhim omillardan sanaladi.

BMT tavsiyalariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholining soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik holatlaridagi o‘zgarishlar aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.

 

Mazkur hujjat bilan tasdiqlangan konsepsiyaga asosan, O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yhatga olish ishlari olib boriladi.

Bunda viloyatimizning yangi, mukammal  kadastr xaritasi yaratiladi deganidir. Bundan tashqari, farmonga muvofiq O‘zbekiston Respulikasida 2022 yilda aholini ro‘yhatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ham ta’sdiqlandi.

Xududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarni e’lon qilishga doir chora-tadbirlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Ro‘yhatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar endilikda yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi. Natijada viloyatimizning   shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko‘chasigacha, chekka qishloqrigacha  aloqador barcha ma’lumotni o‘zi aks ettirgan keng qamrovli axborot manbaiga ega bo‘ladi. Bu qimmatli ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi  siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat xokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

Xulosa shuki, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va monitoringni yuritishda, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Bu omil jamiyat taraqqiyotining negizi ekanligi shubhasiz.

 

08:12
135
Авторизация
Yil dasturi
Foydali manbalar
Saytimiz dizayni yoqdimi?
Maktabda o'quvchilar mobile aloqa vositasini ishlatishini qanday baholaysiz?
Ob-havo ma'lumoti
Tug'ilgan kuningiz bilan