•  
  • hazorasp21@umail.uz
  • +998 (62) 3325 585
Banner eta name="CatCut7d86c196a3" content="B1A98E607F632DF92B0E2FB28F33D084Y2033" />

Psixolog haftaligi

Psixolog haftaligi

      Hazorasp tuman 21-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab  amaliyotchi psixologlari Matmuratova  Muazzam  va Kurbanova Zubaydalar tomonidan oktabr oyi mobaynida o’quvchilarda stress va  tushkunlik  holatlarining  oldini  olish  hamda  hayotning  go’zalligini anglash,shukronalik  tuyg’ularini  kamol  toptirish,suitsidal holatlarga qarshi  tarbiyalash  maqsadida “Hayot go’zal, men  hayotdan  zavqlanaman "Yashash uchun 100 ta sabab “  AKSIYA  tadbiri  o’tkazildi.

   AKSIYAning maqsadi:

  • Suitsid  xavfi  oldini  olish  profilaktikasi;
  • Suitsid  xavfi  oldini  olish  profilaktikasini  o’tkazish  bo’yicha  pedogoglar  salohiyatini  oshirish;
  • O’quvchi va  o’smirlarda  sodir  bo’ladigan qiyin   vaziyatlardan chiqishda yordam ko’rsatish kompitensiyalarini   shakllantirish;

    2 noyabr kuni ertalab  soat  8.00 dan  boshlab  maktabimizga kirib  kelgan  o’qituvchi  va  o’quvchilarni  musiqa  sadolari  ostida  yaxshi kayfiyat  bilan  kutib  olindi. 8”A” sinf  o’quvchilari  tadbir  davomida faol ishtirok  etib,maktabga  kirib kelgan  maktab  o’qituvchi  va  o’quvchilariga yaxshi  kayfiyatlar  tilab  “Hayot daraxti”ga  istagi  bor  qatnashchilar  rangli  barglarga “Hayot  go’zal  chunki…” jumlasini  davom  ettirishlari  kerakligini  tushuntirdilar .

    Tadbir  davomida  maktab  pedogoglari  jamoasi  va  o’quvchilar  “Hayot  daraxti”ga  rangli  burglar  yordamida “Hayot  go’zal  chunki…”,  “Yashash  uchun  100ta  sabab”, “Men  hayotdan  zavqlanaman” gapini  davom  ettirdilar.O’qituvchilar  :

--Chunki  sevgan  kasbim  bor;

— Chunki  men  ustozman,onaman ,buviman;

--Chunki  mening  800 nafardan  ko’proq  o’quvchilarim bor.

O’quvchilar  javoblaridan  namunalar:

--Chunki  jondan  aziz  otam –onam,aka-ukalarim bor

--Atrofimda men  uchun  aziz  bo’lgan  do’stlarim  bor

--Oldimga  qo’ygan  buyuk  maqsadlarim  bor

--Tinch  zamonda  yashayapmiz,osmonimiz  musaffo, yurtimiz  tinch

--Oilam  va  do’stlarim  yonimda

--Ta’lim  olishimiz  uchun  hamma  sharoitlar  mavjud

--Sevimli  insonlarim  bor,o’zim  ham suykliman

  Tanaffuslar  paytida qo’shiqlar  qo’yilib, kun davomida  doimiy  ravishda  kayfiyatni  ko’taruvchi  kuy –qo’shiqlar, quvnoq  muhit  yaratuvchi musiqa  yangrab  turdi.

   Maktabda  kun  davomida  quvnoq  muhit  hukm  surdi va  chin  ko’ngildan bir-birlariga” iliq  tilaklar  to’plami”ulashildi.

 

16:53
53
Sayt hamkorlari
Авторизация
Yil dasturi
Foydali manbalar
Saytimiz dizayni yoqdimi?
Maktabda o'quvchilar mobile aloqa vositasini ishlatishini qanday baholaysiz?
Ob-havo ma'lumoti
Tug'ilgan kuningiz bilan