•  
  • hazorasp21@umail.uz
  • +998 (62) 3325 585

Yoshlarga oid davlat siyosati

Yoshlarga oid davlat siyosati

Hazorasp tumanidagi 21- son umumiy o’rta ta’lium maktabida 11.12.2016 yil “Diniy ekstrimizm, erta turmush, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish” to’g’risida tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda Hazorasp tuman IIB inspektorlari M.Yusupov va Sh.Allaberganov, Hazorasp tuman XQQ raisi G.Matmuratova, 21-son maktab direktori M.Jumaniyozova, MMMIBDO’ M.Matyaqubov, maktabning o’qituvchi va o’quvchilari qatnashdi. Tadbirni 21-son maktab direktori M.Jumaniyozova  ochib berdi va kun tartibidagi masalalar “Erta turmush”, “Jinoyatchilik” va “Giyohvandlik” bilan tanishtirib o’tdi, so’ngra so’zni Tuman xotin qizlar qo’mitasi rasisi G.Mamtmuratovaga berdi.

1-masala bo’yicha G.Matmuratova “Erta turmush”  to’g’risida quyidagilarni aytib o’tdi ya’ni hozirgi vaqtda yurtimizda  ba’zi bir ota-onalar o’z farzandlari kelajagiga befarqligi va shuning oqibatida yurtimizda qanchadan qancha oilalar buzilib ketmoqda. Yana ba’zi yoshlarimiz yoshlik qilib ota-onasining gap so’ziga qaramasdan turmush qurish oqibatida erta ajralishlar ro’y bermoqda. G.Matmuratova o’z so’zida hozirgi zamon qizlariga ham to’xtalib o’tdi ya’ni qizlarimiz allaqanday vadaboz yigitlar so’ziga kirib erta tug’ish oqibatlari vujudga kelmoqda shuning uchun ham siz yoshlar manna yetuk va barkamol avlod bo’lib yetishishlaringiz kerakligini aytib o’tdi.

 

 2-masala yuzasidan Hazorasp tuman IIB  inspektori  M.Yusupov so’zga chiqib yurtimizda jinoyatchilikning aksariyatini yoshlar sodir etayotganlini va bu hodisalarning oldini olish maqsadida bir qancha ishlar qilanayotganini aytib o’tdi. Bundan tashqari o’quvchilar tamonidan ko’p surunkali darslar qoldirilishi oqibatida huquqbuzarlik va jinoyatchilik kelib chiqayotganini va shularni olidini olish uchun o’quvchilar darsga muntazam qatnashishlarini takidladi. Maktab direktori M.Jumaniyozova jinoyatchilik to’g’risida qo’shimcha qilib o’tdi ya’ni uyda qarovsiz qolgan o’quvchilar va ota-onasiz o’sayotgan o’g’il-qizlar o’rtasida ham jinoyatchilik kuzatialyotganligini aytdi.

 

3-masala yuzasidan Hazorasp tuman IIB  inspektori  Sh.Allaberganov so’zga chiqib giyohvandlik salbiy oqibatlarga olib kelishi va insonni mayib majruhga aylantirishi to’g’risida aytib ogohlantirib o’tdi. MMIBDO’ M.Matyaqubov so’zga chiqib giyohvandlik umr zavoli ekanligini uni domiga tushgan har qanday inson quyib yubormasligini va oxir oqibati o’lim bilan tugashi mumkinligini aytdi. M.Matyaqubov o’z so’zi so’ngida yig’ilishga yig’ilgan barcha ishtirokchilarga bugungi kunda kurilgan masalalarga jiddiy qarash kerakligini aytdi. Shundan so’ng maktab direktori M.Jumaniyozova tadbir yakunlanganligini e’lon qildi.

 

                                     

17:34
452
Авторизация
Yil dasturi
Foydali manbalar
Saytimiz dizayni yoqdimi?
Maktabda o'quvchilar mobile aloqa vositasini ishlatishini qanday baholaysiz?
Ob-havo ma'lumoti
Tug'ilgan kuningiz bilan