•  
  • hazorasp21@umail.uz
  • +998 (62) 3325 585
Banner eta name="CatCut7d86c196a3" content="B1A98E607F632DF92B0E2FB28F33D084Y2033" />

Habibullo Rahimov

Habibullo Rahimov
To'liq matni:

Hazorasp tumanidagi 21-umumta`lim maktabi

Musiqa fani o`qituvchisi

 Abdullayeva Zumradning “ Habibullo Rahimov ”  mavzusida tayyorlagan  1 soatlik dars ishlanmasi.

 

III sinf

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2016-2017-o’quv yili

Sinf: 3

Mavzu: Habibullo Rahimov

             Al`teratsiya belgilari

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: Kompozitor H.Rahimovning hayoti va ijodi haqida tushuncha berish, uning yaratgan qo`shiqlaridan o`rganish. Al`teratsiya belgilari bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jamoa bo`lib kuylashga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini oshirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini shakllantirish.

Dars tipi: yangi bilim berish.

Dars uslubi: musiqiy

Dars usuli: Aqliy hujum, noan`anaviy

Dars shakli: suhbat, musiqa tinglash, kuylash.

Dars didaktikasi:

  1. Jihozi: Qashg`ar rubobi, pianino, nota daftar
  2. Texnik vositalari: DVD, disklar

Darsning blok sxemasi:

t/r

Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

Guruhlar bilan ishlash, mavzuni so`rab baholash

10 daqiqa

3.

Uch tovusligida mashqlar kuylash

3 daqiqa

4.

Yangi mavzu tushunchasi

10 daqiqa

5.

Qo`shiq kuylash. “Men g`unchaman”

10 daqiqa

6.

Darsni mustahkamlab, uyga vazifa berish

4 daqiqa

 

Darsning bayoni: Habibullo Rahimov 1946-yilda tug`ilgan. Musiqa san`atining turli yo`nalishlarida samarali ijod qilib kelayotgan H.Rahimov bolalar qo`shiqchiligini boyitish va rivojlantirishga o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Uning ko`pgina yirik asarlari nafaqat O`zbekistonda, balki chet ellarda ham katta shuhrat qozongan. O`quvchi yoshlar uchun yozilgan “Do`mboqchalar qo`shig`i”, “Bog`chaopam”, “Oy bolamiz-toy bolamiz”, “Men g`unchaman”, “Ona yurt” kabi bir qator qo`shiqlari esa Respublikamizda o`tkazilgan turli tanlovlardan sovrinli o`rinlarni egallagan.

Al`teratsiya belgilari.

         Tovushqatorlarda joylashgan asosiy yeti pog`onadagi notalar zarur bo`lgan paytda yarim tonga ko`tarilishi yoki yarim tonga pasaytirilishi mumkin.

Diyez.

         Diyez # belgisi tovushni yarim ton ko`taradi. Nota yo`lida u quyidagicha yoziladi.

 

 

         

Do dizer                                                                            sol dizer

Dizer belgisi qo`yilgan “Archa qo`shig`i”ni notalari bilan aytishni o`rganamiz.

Bemol

         Bemol –b belgisi tovushni yarim ton pasaytiradi

 

 

 

Bemol belgisi qo`yilgan “Oruxon” kuyini tinglaymiz.

Bekar

         Agarda ma`lum bir tovush oldiga qo`yilgan diyez yoki bemol belgisini bekor qilib, tovushni asli holiga keltirish zarur bo`lganda bekar -4 belgisi ishlatiladi.

 

 

 

           Fa-dizer   fa-bekar                                                     si-bemol     si-bekar

Darsning borishi. Musiqiy salomlashish.   

         Musiqani sevamiz,

         U hayotning yo`lboshi.

         Qo`shiq bilan boshlanar,

         Do`stim hayotning boshi.

Do, mi, sol guruhlariga savollar.

Do  guruhiga.

  1. Uchtovushlik deganda nimani tushunasiz?
  2. Qanday jamoaga “orkestr” deymiz?

Mi guruhiga.

  1. Major va minor uzilmasida yozilgan kuylar bir-birisidan sanday farq qiladi?
  2. “Quvnoq bolalar” qo`shig`ining bastakori kim?

Sol guruhiga

  1. Ton va yarimton deganda nimani tushunasiz?
  2. Qanday jamoada “xor” deymiz?

Uch tovushligida mashqlar kuylash.

Musiqa tinglash. Al`teratsiya belgilari qo`yilgan musiqalardan.

         Habibullo Rahimovning hayoti va ijodi haqida gapirib, uning qo`shiqlaridan namunalar tinglaymiz.

         “Men-g`unchaman” ashulasi.

Men-g`unchaman, bahor bo`lgim keladi,

Men-shabnamman, nahor bo`lgim keladi.

Men zarraman, olam bo`lgim keladi,

Men-bolaman, odam bo`lgim keladi.

         Naqorat:

Yurtlar ko`pdir bir-biridan ziyoda,

O`zbekiston-go`zal diyor dunyoda.

Hur o`lkamda baxtli yashash – tilagim,

Istiqlolni qutlar jajji yuragim.

 

Men-jilg`aman, ummon bo`lgim keladi,

Men-yog`duman, cho`lpon bo`lgim keladi.

Men-uchqunman, bo`lgim kelar alanga,

Farzand bo`lib yaray aziz Vatanga!

 

         Ashulani mazmunini so`rash, o`quvchi larning mustaqil fikrlarini eshitish, Vatanga bo`lgan bo`lgan muhabbatini kuchaytirish. Ashulani musiqasi bilan tanishtirib, jamoa bo`lib, kuylashga o`rgatish.

Darsni mustahkamlash.

  1. Habibllo Rahimovning qaysi qo`shiqlarini eshitdingiz?
  2. Al`teratsiya belgilarining vazifasi nima?
  3. “Men g`unchaman” ashulasida qanday al`teratsiya belgilari bor?

Uyga vazifa. Mavzuni o`qib, ashulani yodlash, nota daftariga “Archa qo`shig`i”ni notalarini yozib kelish.

Yuklab olish:
22:06
762
Sayt hamkorlari
Авторизация
Yil dasturi
Foydali manbalar
Saytimiz dizayni yoqdimi?
Maktabda o'quvchilar mobile aloqa vositasini ishlatishini qanday baholaysiz?
Ob-havo ma'lumoti
Tug'ilgan kuningiz bilan