•  
  • hazorasp21@umail.uz
  • +998 (62) 3325 585
Banner eta name="CatCut7d86c196a3" content="B1A98E607F632DF92B0E2FB28F33D084Y2033" />

Qavsli ifodalar

Qavsli ifodalar
1 - sinflar uchun
To'liq matni:

Hazorasp tumanidagi 21-umumta`lim maktabi

 Boshlang’ich ta’lim fani o`qituvchisi

 Raximova Dilraboning “Qavsli ifodalar

 mavzusida tayyorlagan  1 soatlik dars ishlanmasi.

(I sinflar uchun)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2016-2017-o’quv yili

Mavzu: Qavsli Ifodalar
Darsning maqsadi: a) Qavsli ifodalar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
b) Do’stlik, o’rtoqlik va o’zaro hurmat tuyg’ularini tarbiyalash.
d) Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsning uslubi: Guruhlarda ishlash “o’z o’rnini top” o’yini.
Dars jihozi: Darslik, misollar yozilgan sharlar, mavzuga mos rasimlar test tarqatmalar, noutbuk.
Darsning borishi: Tashkiliy davr.
Bugungi dars “O’rmonga sayohat” darsi bo’ladi bolalar. Biz uchun avtobus keladi bolalar.
Bolalar aytingchi avtobus O’zbekistonning qaysi viloyatida ishlab chiqariladi. (Samarqandda)
Ushbu avtobuslar qanday nomlanadi. O’quvchilar uchun ota yo’l avtobusi keladi.
Sayohat tartib qoidalari tushuntiriladi va bolalar avtobusga joylashdilar.
Bolalar o’rmonga boradilar va o’rmon chetida yig’lab o’tirgan qizni ko’radilar.
Bolalar undan kimligini so’raydilar.
Qiz zumrat ekanligini o’rmonda adashib qolgan ekanligini aytadi. Bolalar zumradga yordam berish uchun o’zlari bilan olib ketadilar.
Ma’naviyat daqiqasi.
O’quvchi) vatan haqida maqol va she’rlar aytadilar.
O’tilgan mavzu so’raladi va uy ishi tahlil qilnadi.
O’quvchi) Ingliz tilida o’rgangan qo’shiqlarni musiqa ohangida aytiladilar.
Hands up
Hands down
Bend on hip
1, 2, 3 hop!
1, 2, 3 hop!
Yangi mavzu bayoni.
Qavsli ifodalar haqida tushuncha beriladi.
Agar songa yig’indi yoki ayrimani qo’shish kerak bo’lsa, ular qavs ichiga yoziladi.
Qavs ichida berilgan ifoda birinchi bajariladi.
18-misol. (Zumrad o’rmon gullari
qurib qolayotganini unga
suv quyishga yordam
berishlarini so’raydi.
Gullar chizilgan va orqasiga misollar yozilgan bo’ladi).
50 -2(55-15) Namuna uchun 1 ta misol ishlab ko’riladi. Amallarning bajarilish tartibi yoziladi va hisoblanadi.
Gul – flava ekanligi aytiladi va bolalardan gulning rangi so’raladi. Har bir guldagi misol ishlanib xattaxtaga yopishtiriladi.
85-( 75-70)
29 + (61 – 60)
19-masala. Masala sharti tulki rasimining orqasiga yozilgan bo’ladi. O’quvchi) masalani ishlab jarohatlangan tilkiga yordam beradilar.
Do’konga 87 ta qizil va sariq koptok keltirildi. Qizil koptoklar 37 ta bo’lsa, sariq koptoklar nechta ?
Yechish: 87 — 37 = 50
Javob: 50 ta
O’quvchilardan ifodadagi hadlarning nomi so’raladi.( Kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma)
(Tulki rasmi ham gullar orasiga yopishtiriladi. Tulkining inglizcha nomi va rangi so’raladi).
Quvnoq daqiqa.
Bu vaqitda bolalar ekranda berilgan “ Ayiq “ she’riga mos harakatlar qiladilar.
20-misol. Har bir misol o’rmon hayvonlari rasimlaeining orqasiga yozilgan bo’ladi, bollalar misollarni yechish orqali yordamga muhtoj hayvonlarga yordam beradilar va ularning inglizcha nomlari va ranglari so’ralib xattaxtaga yopishtiradilar.
69 – 18 60 + 28 76 – 63
46 + 22 57 – 32 58 + 23
Har bir o’quvchi misolni ishlab bo’lgach hayvon nomi va uning rangi va hadlarning nomlarini aytadilar.
A’lo baholarga ishlagan o’quvchilarga o’rmon yong’oqlari beriladi.
21-masala. Zumrad ushbu masalani o’qiydi va u ham uyida sabzi ekishganligini va uning parvarishi haqida bolalarga aytib beradi.
Rasim asosida masala tuzish va uni yechish.
46 kg 34 kg ? kg
100 kg
Yechish. 1) 46 + 34 = 80
2) 100 – 80 = 20
Javob 20 kg
22-misol. Taqqoslang.
Bolalar kapalaklar ortiga yozilgan misollarni ishlaydilar va ular inglizcha nomi
o’rgatilib yopishtiriladi.

Quvnoq daqiqa. Bosh
O’ng qo’limda 5 barmoq
Chap qo’limda 5 barmoq
Barmoqlarimni qo’shsm
Jami bo’lar 10 barmoq.
Guruhlardan o’quvchilar chiqadilar va test savollari yechadilar. ( test savollari daraxt rasimlariga yozilgan bo’ladi, uni ham yopishtiradilar).
Mustahkamlash.
O’tilgan mavzu so’raladi va mustahkamlanadi.
G’olib guruh aniqlanadi va rag’bartlantiriladi.
Zumrad esa o’rmondagi hayvonlarga bolalarning yordam berganliklari uchun minnatdorchilik bildirib bolalarni yong’oq bilan siylaydi va bolalarga rahmatlar aytib xayirlashadi.

Uyga: 23-misol
Bolalar avyobusga o’tirib shaharga qaytadilar

Yuklab olish:
22:03
574
Sayt hamkorlari
Авторизация
Yil dasturi
Foydali manbalar
Saytimiz dizayni yoqdimi?
Maktabda o'quvchilar mobile aloqa vositasini ishlatishini qanday baholaysiz?
Ob-havo ma'lumoti
Tug'ilgan kuningiz bilan