•  
  • hazorasp21@umail.uz
  • +998 (62) 3325 585
Banner eta name="CatCut7d86c196a3" content="B1A98E607F632DF92B0E2FB28F33D084Y2033" />

Harfli ifodalar

Harfli ifodalar
To'liq matni:

халк

 

         Hazorasp tumanidagi 21-umumta`lim maktabi

 Boshlangich talim fani o`qituvchisi

 Allanazarova Shaxodatning “Harfli ifodalar”  mavzusida tayyorlagan  1 soatlik dars ishlanmasi.

 

II sinf

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2016-2017-o’quv yili

Darsning maqsadlari: o’quvchilarni fanga qiziqtirsh, fanimiz orqali hayotga tadbiq etgan holda dars mazmuni boyitish
ta’limiy: o‘quvchilarga harfli ifodalarni o‘rgatish, a=6, a=12 bo‘lsa, a+8 ifodaning qiymatini topish, qo‘shish va ayirish yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;
tarbiyaviy: har bir matematik muammolarni ahillik, hozirjavoblik bilan hal etish, bir-biriga yordam berish fazilatlarini tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish.


Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish «Rolli o‘yin» va savol-javob metodlari, guruhlarda ishlash, test topshiriqlari.
Dars jihozi: darslik, mavzu asosida tayyorlangan slayd, mavzuga oid didaktik va tarqatma materiallar, AKT.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Dars davomida rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar esga olinadi. Fasl haqida suhbat o‘tkaziladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga berilgan vazifani so‘rash.
O‘quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi. Uyga berilgan vazifa: Misol va masalalarni yechish.
Doskadagi misollarni yechish orqali uy vazifasi tekshiriladi.
48+22=70 79-37=42
23+27=50 46-35=11
59-21=38 80-60=20
21+39=60
III. Yangi mavzu bayoni.
Mavzu: Harfli ifodalar. O‘quvchilarga yangi mavzu «Rolli o‘yin» metodi orqali tushuntiriladi. Doskaga uch o‘quvchi chiqariladi, ikki o‘quvchining qo‘liga sonlar yozilgan kartochkalar, bir o‘quvchining qo‘liga esa qo‘shuv belgisi (+) yozilgan kartochka beriladi (masalan, 33, 7, +). O‘quvchilar sonli ifoda tuzib, 7+33 ko‘rinishida turadilar. Partada o‘tirgan o‘quvchilar ifodani o‘qib, qiymatini topadilar (40). Yana bir o‘quvchi doskaga chiqarilib, qo‘liga raqamli kartochka beriladi (masalan, 60) va u 33 raqamini ushlab turgan o‘quvchi oldiga turadi. «7» raqami va «+» ishorasini ushlab turgan o‘quvchilar bir qadam oldinga chiqadilar. Endi bu sonli ifodani o‘qib, qiymati topiladi (7+60=67). Sonli ifodalarning o‘xshash va farqli tomonlari tushuntiriladi.
Ifodalarda birinchi qo‘shiluvchi o‘zgarmadi, + belgisi ham o‘zgarmadi, faqat ikkinchi qo‘shiluvchi o‘zgardi.
So‘ng yana bir o‘quvchi doskaga chiqariladi, qo‘liga harfli kartochka beriladi (masalan, a) va u 33 raqamini ushlab turgan o‘quvchi oldiga turadi. «7» va «+» ishorasini ushlab turgan o‘quvchilar yana bir qadam oldinga chiqadilar.
O‘qituvchi: — Bu qanday ifoda? Sonli ifoda bo‘la oladimi? Nima uchun?
O‘quvchilar: — Bu yerda birinchi qo‘shiluvchi son, ikkinchi qo‘shiluvchi esa harfdir.
O‘qituvchi: — Harf nimani bildiryapti?
O‘quvchilar: — Harfning orqasida sonlar turibdi, harf shu sonlarni bildiryapti.
O‘qituvchi: — Demak, bu ifodani «Harfli ifoda» deb nomlaymiz. Harfli ifodada har bir harf uning o‘rniga qo‘yish mumkin bo‘lgan sonlarni nazarda tutadi.
Endi darslikning 87- betidagi rasm asosida suhbat quramiz. Mavzuning davomi ekran orqali tushuntiriladi.
3+5=8 3+6=9 3+4= 7 3+2=5
Matematikada «darchalar» o‘rniga kichik lotin harflari qo‘yiladi.
Masalan, a, b, k. O‘qilishi a — a; b — be; k — ka;
Agar a=6, a=12 bo‘lsa, a+8 ifodaning qiymatini toping.
Namuna: 6+8=14; 12+8=20
2- masala.
Yechish:
Keltirildi — 43 ta mashina.
1- kuni ta’mirlandi — 20ta m.
2- kuni ta’mirlandi — 12ta m.
Yana ta’mirlash kerak — ?ta m.
43-(20+12)=43-32=11
Javob: 11ta mashina ta’mirlanishi kerak.
3- misolni o‘quvchilar «Zanjir» usulida doskada bajaradilar.
18+5=23 32-5=27
87+13=100 76+24=100
52-25=27 32-15=17
17+28=45 17+43=60
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi:
O‘ng qo‘limda besh barmoq,
Chap qo‘limda besh barmoq
Har ikkisin qo‘shganda,
Hosil bo‘lar o‘n barmoq.
4- topshiriq og‘zaki bajariladi. Shakllar ekran orqali ko‘rsatiladi. Nechta shakl borligi aniqlanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5- misol.
Bunda sharlardan foydalanamiz. Sharlarda ko‘rsatilgan sonlardan ifoda tuziladi.
76 va 4, 37 va 53, 28 va 5 sonlarining yig‘indisini toping.
42 va 5, 32 va 15, 38 va 30 sonlarining ayirmasini toping.
Guruhlarda ishlash.
1- guruh:
a=12, a=14, a=16 bo‘lsa, a+10 ifodaning qiymatini toping:
12+10=22 14+10=24 16+10=26
2- guruh:
b=23, b=33, b=43 bo‘lsa, b-10 ifodaning qiymatini toping:
23-10=13 33-10=23 43-10=33
Test topshiriqlari.
O‘quvchilarga tarqatilgan tarqatmalardagi test topshiriqlari beriladi.
1. Birinchi savatda 22 kg, ikkinchi savatda esa undan 2 kg ortiq olma bor. Ikkala savatda necha kg olma bor?
a) 25 kg b) 22 kg d) 46 kg
2. Bir to‘pda 50 m mato bor edi. Undan 20 m qirqib olindi. To‘pda necha metr mato qoldi?
a) 20 m b) 40 m d) 30 m
3. Bor edi 70 kg piyoz, ishlatildi 20 kg piyoz. Qancha piyoz qoldi?
a) 40 kg b) 30 kg d) 50 kg
V. O‘quvchilarni baholash.
Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi. Faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
Darslikdagi 6- masala va 7- misol uyga vazifa qilib beriladi va masala sharti tushuntiriladi.

 

21:59
465
Sayt hamkorlari
Авторизация
Yil dasturi
Foydali manbalar
Saytimiz dizayni yoqdimi?
Maktabda o'quvchilar mobile aloqa vositasini ishlatishini qanday baholaysiz?
Ob-havo ma'lumoti
Tug'ilgan kuningiz bilan